Jamiyat
Hukumat qarori bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
– xalqaro toifali sport hakami;
– milliy toifali sport hakami;
– birinchi toifali sport hakami;
– ikkinchi toifali sport hakami;
– uchinchi toifali sport hakami;
– sport boʻyicha hakam.
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q