Madaniyat
Turizm va madaniy meros agentligi axborot xizmati Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman kadastr boʻlimlari xodimlaridan iborat ishchi guruh Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish boʻyicha dastlabki ishlarni boshlagani haqida xabar bergan edi.
Tarix instituti direktori, senator Azamat Ziyo oʻzining facebook sahifasida mazkur muzeyning qurilishiga qarshi ekanligini maʼlum qildi.
«Mana shunday paytlarda nima deyishingni ham bilmay qolasan. Axir yunonlar gʻirt bosqinchi boʻlganlarku! Qaysi aqliraso millat va davlat oʻz bosqinchilariga atab muzey ochadi?
Bu ketishda balki ertaga ahamoniylar va arablar, indinga moʻgʻullar va oʻrislar bosqiniga oid muzeylar ochilar?! Nimalar qilyapmiz oʻzi?! 3000-yillik davlatchilik tariximizni endigina yuzaga chiqarib turgan pallada, uni yana ulashish boshlanmoqdami», deydi senator.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110798
Jamiyat
94455
Jamiyat
90375
Jamiyat
74272
Jamiyat
//
1 Izoh
Quvonchbek
12:01 / 01.01.1970
Eski shahardagi rus bosqinchilariga atalgan yodgorlik ochilganda (yangidek qilib ta'mirlanganda) ham biron nima deganmikan bu odam?