Buxorodagi yetti obida Islom olami madaniy merosi roʻyxatiga olindi

Saqlash
01:05 / 08.07.2022 942 0

Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi roʻyxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

 

2022-yilning 3-6-iyul kunlari ICESCO bosh qarorgohida (Marokash) ICESCO islom olamining 10-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur sessiyada Buxoroda joylashgan 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi roʻyxatiga olinib, sertifikatlar topshirildi.

 

Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Magʻoki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasiga tegishli sertifikatlar ICESCO Bosh direktori Salim Al Malik tomonidan taqdim etildi.

 

“Yurtimiz tarixiga oid obidalarning CESCO roʻyxatiga olinishi boy madaniy merosimizni butun dunyoga targʻib etishda, xususan, Islom olamida madaniyatimiz yanada tanilishida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston hududi tarixan Islom rivojiga katta hissa qoʻshgan oʻlka hisoblanadi”, deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//