Oʻzbekistonda 2022-yilning 6 oyida qancha bola tugʻilgani maʼlum boʻldi

Saqlash
00:57 / 08.07.2022 987 0

Davlat xizmatlari agentligi FHDYO organlari tomonidan 2021—2022-yil 6 oy davomida qayd etilgan tugʻilishlar oʻzaro nisbati haqida maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning 6 oy davomida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 417 812 ta bolaning tugʻilish qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 355 taga koʻp.

 

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

 

Shular jumlasidan:

 

– 2022-yilning 6 oyi davomida 216 216 ta oʻgʻil bolalarning tugʻilishi qayd etilgan boʻlib, 2021-yilga nisbatan 11 364 taga koʻpaygan.

 

– 2022-yilning 6 oyi davomida 201 587 ta qiz bolalarning tugʻilishi qayd etilgan boʻlib, 2021-yilga nisbatan 10 985 taga koʻpaygan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//