Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablarini bajarilishini taʼminlash maqsadida Toshkent shahri Fargʻona yoʻli koʻchasidan “Qoʻyliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichining metropoliten yer usti halqa yoʻlining 6 va 7 bekatlari oraligʻi yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabati bilan 7 bekat 2022-yil 11-iyul kunidan 18-iyul kuniga qadar yoʻlovchilarga vaqtincha xizmat koʻrsatmaydi. Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishida poyezdlar harakati “Doʻstlik 2” bekati bilan 6 bekat oraligʻida tashkil etiladi.
Shuningdek, 2022-yil 11-iyul kunidan avgustga qadar yer usti halqa yoʻlida poyezdlar harakati soat 05-00 dan 23-00 gacha amalga oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q