Jamiyat
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–306-son, 06.07.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar boʻsh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etiladi.
Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
2023–2024-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratiladi.
Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish choralari koʻriladi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111427
Jamiyat
94601
Jamiyat
90564
Jamiyat
74924
Jamiyat
//
Izoh yo‘q