Jamiyat
Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida bir necha kishi ovqatdan zaharlandi.
Joriy yilning 6-iyul kuni soat 12:10 larda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Qoʻrgʻontepa tuman Ijtimoyat MFY Boʻston koʻchasi 170-uyda istiqomat qiluvchi 11.02.2006-yilda tugʻilgan fuqaro Gʻ. M oʻzida koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Bemorga zaruriy tibbiy muolajalar oʻtkazilib, kasallik sabablari oʻrganilganda, bemor 2022-yil 5-iyul kuni tuman markazida joylashgan “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan nonbyrger sotib olib isteʼmol qilgani maʼlum boʻlgan.
Shu kunning oʻzida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqaro yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan.
Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar oʻtkazilgan. Hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Bemorlarga “oʻtkir gastroenterit” tashxisi qoʻyildi.
2022-yil 6-iyul 23:00 holatiga shifoxonada jami 37 nafar bemor murojaat qilgan boʻlib, ularning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga koʻra tibbiy kuzatuvga olingan.
Kasallikka sabab boʻlgan omillarni aniqlash maqsadida “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning oʻzida vaqtinchalik toʻxtatildi va mahsulotlar tayyorlash xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, Qoʻrgʻontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q