Jamiyat
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosida kamchilikka yoʻl qoʻygan 600 dan ortiq masʼul javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida Bosh prokuratura boʻlim katta prokurori Farrux Sultonov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligidagi Respublika shtabi tomonidan Investitsiya dasturidagi 2 413 ta, “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi 676 ta va “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlaridagi 11 427 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.
Qayd etilishicha, dasturlar ijrosida kamchilikka yoʻl qoʻygan va oʻz vazifasini lozim darajada bajarmagan 252 nafar masʼullar intizomiy, 359 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, qurilish sohasida qoʻpol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 61 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan va 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklab berilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q