Jamiyat
Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida istiqomat qiluvchi bir guruh “Hizb ut-Tahrir” a’zolari ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushbu jinoiy guruhning faol a’zosi bo‘lgan I.A. 10 nafardan ortiq sinfdoshlarini Telegram’da tashkil qilgan “Choyxona” va “Iymonlashaylik” nomli virtual guruhlarga qo‘shib, taqiqlangan materiallarni tarqatib kelgan. Shuningdek, I.A. yaqinlari va ko‘plab tanishlarini “tahrirchilar” safiga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan.
O‘z navbatida guruh a’zolari mazkur materiallar bilan tanishib, “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilot faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Mazkur jinoiy guruhning faoliyati Polshada yashirinib kelayotgan Xoldarov Mahmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan. U “Hizb ut-Tahrir” DETning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lib, 1980-yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun ayni paytda xalqaro qidiruvda. “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli ushbu shaxs O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishiga sababchi bo‘lmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111641
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75133
Jamiyat
//
Izoh yo‘q