Jamiyat
Kuni kecha poytaxtimizdagi Toshkent city hududida shahar hokimligi tashabbusi bilan “Kelinlar paradi” o‘tkazildi. Bunday namoyish ilk bora 2019 yilda tashkil qilingandi.
Paradda 200 dan oshiq model-qizlar ishtirok etdi. Tadbir tashkilotchilarining aytishicha, bu “Shosh fest-2022” modalar festivali ko‘rgazmasi tarkibidagi namoyishlardan biridir.
– Bilasizmi, oldinlari biz chet eldan ko‘ylaklar olib kelardik, hozirda esa bizdan olib ketishmoqda. Bu paraddan maqsad – mahsulotlarimizni xorijga eksport qilish. Dizaynerlarimizning ishini dunyo miqyosidagi podiumlarga olib chiqishga harakat qilyapmiz, – dedi ko‘rgazmada liboslari bilan ishtirok etgan dizayner Nozima Hayitmetova.
“Kelinlar paradi”da o‘ndan ortiq horijiy davlatlardan kelgan dizeynerlar qatnashdi. Yurtimiz aholisi va mehmonlar kun davomida namoyishni kuzatib, so‘nggi urfdagi kelinlik liboslari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q