Ilm-fan
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Suguru Miyazaki boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unda elchi Yoshinori Fujiyama bilan 2,76 mln dollar qiymatdagi kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari doirasida Almashinuv notasi hamda ushbu loyihani bajarish boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISA) bilan grant bitimi imzolandi.
Bitim doirasida kelasi yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisiga Yaponiyada magistratura va doktoranturada oʻqish imkoni yaratilmoqda, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Yaponiya hukumati tomonidan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasida, mamlakatning taniqli universitetlarida 378 nafar fuqaro tahsil olish imkoniga ega boʻldi.
Ularning 343 nafari Oʻzbekistonga magistrlik darajasi bilan qaytib, bugun xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. Bugungi kunda yana 35 kishi kunchiqar yurtda oʻqishini davom ettiryapti.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q