Jamiyat
4-iyul kuni Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanga nikoh guvohnomasi topshirildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Bundan bir necha yil avval, 4-iyul kuni juftlik AQSHda Brayton-Bichdagi oʻzbek restoranida taomlanishadi. Suhbat chogʻida ularning ikkisi ham oʻzbek milliy taomlarini sevib isteʼmol qilishi maʼlum boʻladi. Shundan soʻng, juftlik hayotidagi muhim sanani Samarqandda nishonlashga ahd qilishadi.
Marshall avval ham Samarqandda boʻlgan, shahar tarixi va meʼmorchiligi unga yoqib qolqan. “Shu sabab ham ular Registonni tanlashdi. Ularning nazdida Samarqand abadiylikni aks ettiradigan moʻjizakor joydir”, — deyiladi xabarda.
“Soʻnggi ikki yil ichida ikkalasi ham yangi istiqbolli ish topishdi. Ular hatto Turkiyada zaytun bogʻini sotib olishdi va shu yilning sentyabr oyida toʻy qilmoqchi. Ular mehmonlarga oʻzlarining zaytun moylarini berishni rejalashtirishgan”, — deyiladi xabarda.
Adliya xabarida FHDYO sohasida xizmat koʻrsatish tizimining soddalashtirilgani — birgina eksterritorial tamoyili, kompozit xizmatlar, FHDYO arxiv hujjatlarining raqamlashuvi fuqarolarga qulaylik tugʻdirayotgani va bu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijliklar uchun ham imkoniyat taqdim etayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q