Oʻzbekiston Rossiya va Belarusga muqobil IT-autsorsing markaziga aylanishi kutilmoqda

Saqlash
02:53 / 06.07.2022 996 0

“Sobiq ittifoq davlatlari orasida aholimiz eng tez oʻsib bormoqda, shuning uchun bizda inson kapitali bor”, — deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov. 

 

Iyun oyida Sherzod Shermatov yirik delegatsiya boshchiligida San-Fransiskoga tashrif buyurib, Oʻzbekistonni Rossiya va Belarusga muqobil IT-autsorsing markaz sifatida taklif qilgan.

 

Vazir Ukrainada urush boshlanganidan keyin 6 mingga yaqin rossiyalik va belaruslik Oʻzbekistonga koʻchib kelganini taʼkidladi.

 

Masalan, EPAM Systems va Exadel minglab xodimlarini Minskdan Toshkentga IT-Park tomonidan tashkil etilgan reyslarda olib kelgan.

 

“Oʻtgan yili EPAMʻda Oʻzbekistonda 300 ga yaqin kishi ishlagan boʻlsa, kelgusi yilda kompaniya xodimlari sonini 3000 kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda”, - deydi Shermatov. Hozirda boshqa kompaniyalarni Oʻzbekistonga rivojlanayotgan bozor sifatida qarashlari uchun ish olib borilmoqda.

 

Oʻzbekiston 2028-yilga borib yillik IT eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, 2022-yilda 100 million dollar prognoz qilinmoqda.

 

Agar bu amalga oshirilsa, IT oltin kabi qimmat eksportga aylanadi va kambagʻallikni kamaytirishga katta hissa qoʻshadi.

 

Forbesʻning fikricha, agar Oʻzbekiston narx-navo nisbati boʻyicha Filippin yoki Hindiston kabi yaxshi xizmatlarni taklif qila olsa, hozirgi barcha saʼy-harakatlar oʻz samarasini beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//