Namangandagi arxeologik obyektga qariyb 4 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi

Saqlash
22:13 / 05.07.2022 832 0

Namangan viloyat prokuraturasi va DXX tomonidan Uychi tumanida madaniy meros obyektiga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi. 

 

 

 

Tumanning “Pastguzar” mahallasi hududida joylashgan “Uychi manzilgohi” (Do‘ngtepa) arxeologiya yodgorligi madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan. Biroq, Uychi tuman hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan tegishli idoralarning ruxsati olinmasdan, tuman hokimining 2019-yildagi qaroriga asosan qonunchilikka zid ravishda arxeologiya yodgorligi hududidan 10 sotix yer maydoni MChJlardan biriga savdo, maishiy va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun ajratib berilgan.

 

 

O‘tgan vaqt mobaynida MChJ tomonidan yodgorlik hududining 21 sotix qismida og‘ir texnika yordamida surish va qazish ishlari olib borilgan. Oqibatda arxeologiya obyektiga 3,9 milliard so‘m miqdoridagi zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan Uychi tuman hokimligi mansabdor shaxslari hamda MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//