Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Saqlash
22:11 / 05.07.2022 708 0

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi.

 

Institutning vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:

 

— maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan oʻqituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;

 

— mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

 

— jismoniy tarbiya va sport taʼlim tizimida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etadi;

 

— oʻquv-mashgʻulot jarayoniga, xususan sport taʼlim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakllari va usullarini joriy etadi;

 

— sport taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, oʻz filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi;

 

— xalqaro aloqalarni kengaytiradi va mustahkamlaydi, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritadi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//