Nodavlat sport-taʼlim muassasalariga davlat binolari bepul ijaraga beriladi

Saqlash
02:11 / 05.07.2022 698 0

“Nodavlat sport-taʼlim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-taʼlim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:

 

– yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-taʼlim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024-yil 1-yanvargacha ijara toʻlovlarisiz berish;

– 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha nodavlat sport-taʼlim muassasasi tomonidan xizmatlarni koʻrsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.

 

Nodavlat sport-taʼlim muassasasini bojxona bojini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. 

 

Shunigngdek, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan nodavlat sport-taʼlim muassasalari trenerlariga bir martalik pul mukofotlari toʻlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//