Qoraqalpogʻistondagi ommaviy tartibsizliklar tafsiloti maʼlum qilindi

Saqlash
20:07 / 04.07.2022 559 0

Bosh prokuratura boʻlim prokurori Abror Mamatov 1-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar oqibatlari haqida maʼlumot berdi.


Abror Mamatovga koʻra, 2022-yil 2-iyul kuni soat 14:45 da Nukus tumanidan taxminan 300 nafar shaxs Nukus shahar tomon harakatlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, Nukus shahridagi blok postda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shovqinli granata, himoya qalqoni) qoʻlga kiritgan.

 

Shu kuni Xoʻjayli tumanidagi harbiy postga nomaʼlum shaxslar tomonidan hujum uyushtirilib, qurol-yaroq tortib olingan. Nukus xalqaro aeroportiga, Nukus shahridagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanuvchi Reabilitatsiya markaziga, Nukus shahar IIB binosiga hujumlar uyushtirilgan.


Ommaviy tartibsizliklar davomida Nukus shahridagi “Las Vegas” kafesi yonida davlat raqami 40 L 340 QA boʻlgan MAN rusumli yuk transport vositasi, “Eski shahar”dagi markaziy masjid oldida davlat raqami 01 267 UFA boʻlgan “KamAZ” rusumli yuk transport vositasi, Shumanay tumanidagi “Ismoilov Jabbor-bergen” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan vagon yoqib yuborilgan.


Nukus shahar Sport kompleksi yonidagi “Doʻstlik” kanali koʻprigiga, Nukus shahridagi koʻplab bino-inshootlar va yoʻl toʻsiqlariga ham koʻplab talofotlar yetkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish