Jamiyat
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti namozi oʻqilmasligi, bu borada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi eʼlon qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Idoraning maʼlum qilishicha, mazkur xabarlar asossiz va haqiqatga mos kelmaydi.
Taʼkidlanishicha, tarmoqlarda bundan bir yil avval pandemiya davrida — 2021-yil iyul oyida eʼlon qilingan maʼlumot qayta tarqatilmoqda. 2022-yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bunday fatvo chiqarmagan.
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish koʻrsatkichlarida oʻzgarishlar boʻlayotgan boʻlsa-da, lekin ommaviy tadbirlarni cheklash yuzasidan Respublika maxsus komissiyasining qarori eʼlon qilingani yoʻq.
Maʼlumot uchun, 2022-yil 1-iyul kuni Prezident Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Unga koʻra, joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul — shanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror inobatga olinib, mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda Qurbon hayiti xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.
Qurbon hayiti namozini oʻqish yuzasidan biror oʻzgarish boʻladigan boʻlsa, rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishini bildiramiz. Moʻmin-musulmonlardan asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan bunday xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilamiz. Aholi orasida asossiz va yolgʻon xabar tarqatish Islom dini koʻrsatmasiga koʻra, katta gunoh, qonunchilikda esa javobgarlikka omil ekanini eslatib oʻtamiz”, deyilgan munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q