
Jamiyat
AKT vaziriga yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda Oʻzbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻyicha maslahatchi tayinlandi.
Kamola Shavkatovna Sobirova Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda Oʻzbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983-yil 13-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Faoliyatini 2001-yili Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda masʼul vazifalarda davom ettirgan.
U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Oilali. 4 nafar farzandi bor.
Qayd etilishicha, vazirlikning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sherzod Ahmatov oʻz lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q