“Jazirama issiq kunlar tugаb, nam havo boshlandi” – Oʻzgidromet

Saqlash
22:38 / 04.07.2022 928 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi Oʻzbekiston boʻyicha 4-8-iyulga ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Bugun kechqurun Toshkent viloyati boʻyicha momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

 

Respublika shimolida Volga boʻyi hududlaridan salqin va biroz nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi va harorat 26-31° gacha pasayadi.

 

Ertaga havo massasining kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qolgan hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35° dan yuqori boʻlmaydi.

 

4-5-iyul kunlari front oʻtishida baʼzi joylarda chang-toʻzonlari bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

6-iyuldan 8-iyulgacha Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda 6-7-iyul kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22°, kunduz kunlari 30-35° atrofida, janubda 37-39° gacha boʻladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//