Yassaviy maqbarasi ilmiy ekspertizadan oʻtkazilmoqda

Saqlash
21:36 / 04.07.2022 1077 0

Turkistondagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasida ilmiy ekspertiza oʻtkazilmoqda, deya xabar berdi “Xabar24”.

 

Gap shundaki, choʻl meʼmorchiligining durdona asari xavf ostida boʻlishi mumkin. Namlik tufayli bino ichidagi devorlar zaxlab, shiftlarda mogʻorlar paydo boʻlgan. Bu tarixchilarni xavotirga solmoqda. Ularning aytishicha, agar shunday davom etsa, tarixiy yodgorlik vayron boʻlish xavfi ostida qolishi mumkin. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun yaqinda maqbara boʻylab namlik sabablarini kuzatishga yordam beradigan maxsus datchiklar oʻrnatildi.

 

“Biz maqbaraga nima va qay yoʻsinda taʼsir qilishini, ob-havo sharoiti va yer osti suvlari qanday taʼsir qilishini tahlil qilishimiz kerak. Bularning barchasini oʻrganamiz. Allaqachon tegishli datchiklarni sotib olgandik, ular oʻrnatildi. Endi bu datchiklar yozda sodir boʻladigan holatlarni hisoblaydi, bahor va qishda nima boʻlishini hisoblaydi. Ushbu tahlillarning barchasiga asoslanib, biz tegishli ekspertiza oʻtkazamiz. Ekspertiza nafaqat mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, balki biz eng yaxshi xorijiy ekspertlarni ham jalb qilmoqchimiz, ular bizga nima qilishimiz kerakligini aytdi”, – dedi Qozogʻiston Madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev Turkistonga amaliy tashrifi chogʻida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//