Madaniyat
Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida Ziyolilar forumi tashkil etildi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy hayotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda avvalambor, joylardagi targ‘ibotchilarni jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va san’at, badiiy ijod sohalarining ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotimizdagi o‘rni va rolini yanada oshirishdan iborat. Shuningdek, Yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish jarayonida erkin va hur fikrli yoshlarni shakllantirish, zamonaviy innovasion ma’naviy makonni yaratishga hissa qo‘shishdir.
Forumni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov ochib berdi. Shundan so‘ng “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari – falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, filologiya fanlari nomzodi, dosent Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Nigora Saidaliyeva, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Bobojonova, filologiya fanlari nomzodi, dosent To‘lqin Eshbekov tomonidan “Ma’naviyat, zamonaviy tarbiya uslublari va auditoriya bilan ishlashda psixologik yondashish”, “Omma bilan ishlashning yangicha usul va metodlari, targ‘ibotchilarning notiqlik mahorati” mavzulari yuzasidan yosh targ‘ibotchilar bilan ilmiy-amaliy munozaralar o‘tkazildi.
Forum davomida O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi, umumta’lim maktablari uchun “Tarbiya” fani darsligining muallifi Obiddin Mahmudov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri Olimjon Toshboyev yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilarining ijodiy salohiyatini rivojlantirishda targ‘ibotchilar o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalarni bildirishdi.
Tadbir davomida “Ma’rifatZiyo” mobil ilovasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu mobil ilova orqali foydalanuvchilar “Ma’daniyat-ma’rifat”, “Siyosat va huquq”, “Fan-ta’lim”, “Adabiyot va san’at” sohalarida faoliyat olib borayotgan taniqli olimlar va ziyolilarning ilmiy-ommabop asarlari bilan yaqindan tanishib, ularning onlayn treninglarida ishtirok etishi, ma’lumotlarni qisqa fursatda o‘qish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Seminarda mavzular yuzasidan targ‘ibotchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Tadbir yakuniga qatnashchilarga sertifikat va kitob jamlanmalari topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q