“Goʻroʻgʻlidan”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlarning qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi

Saqlash
10:55 / 06.11.2025 49 0

 

UNESCOning Samarqanddagi 43-sessiya doirasida “Turkiy xalqlar folklori koʻp jildligi” toʻplamining ilk jildi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Fanlar Akademiyasi xabar berdi. Ushbu toʻplam Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Turkiy madaniyati va merosi fondi tomonidan chop etilmoqda.

 

“Turkiy xalqlar folklori koʻp jildligi”ning dastlabki jildidan ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turk va oʻzbek xalqlarining eng yorqin qahramonlik dostonlari, jumladan “Kitabi-Dada Qoʻrqud”, “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish”, “Qobilandi botir”, “Qambar botir”, “Edigey”, “Er Sayin”, “Er Targʻin”, “Qrimning qirq botiri”, “Manas”, “Rustamxon”, “Murodxon” kabi dostonlar joy olgan.

 

 

Maʼlumki, turkiy xalqlarning qahramonlik dostonlari shunchaki badiiy soʻz sanʼati namunasigina emas, balki turkiy xalqlar hayoti aks etgan tarixdir.

 

“Dastlabki jilddan oʻrin olgan “Alpomish”, “Rustamxon” va “Murodxon” kabi dostonlar olis zamonlardan to bugungi kungacha baxshilarimiz tomonidan sevib kuylanib kelmoqda. Bu dostonlar namunalarini ijro etuvchi baxshilarimizning sanʼati UNSECOning nomoddiy madaniy meros reprezentativ roʻyxatidan joy olgani yanada quvonarlidir. Turkiy xalqlar folklorining keyingi jildlarida folklorning barcha janrlariga oʻrin berilishi koʻzda tutilgan. Bu namunalar eng sara, eng mukammal namunalar ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega”, deyiladi xabarda.

 

Loyiha turkiy dunyoning eng yetakchi folklorshunos olimlari va soha mutaxassislari tomonidan nashrga tayyorlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//