Jamiyat
Hukumatning 691-son (04.11.2025) qarori bilan qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan 2025–2026-yillar uchun dastur tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, xotirani asrash va maʼnaviy merosni ommalashtirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini oʻtkazib borish;
har yilgi oktyabr oyida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil etish;
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Shuningdek, qaror doirasida oʻquvchi yoshlar va talabalar ishtiroki bilan qatagʻon qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkaziladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q