Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “TuronBank” ATB, Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Alisher Navoiy va Paxtakor metro bekatlarining oʻtish qismiga kitob javonlari oʻrnatildi.
Eng sara asarlar, shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi adabiyotlar, sheʼriy toʻplamlar, zamonaviy qoʻllanmalar bilan boyitilgan bu mutolaa bekati yoʻlovchilar uchun noyob va qulay imkoniyatdir. Oʻquvchilar bekatdan-bekatgacha kitoblarni oʻqishi va ularni Mutolaa loyihasidan buyurtma qilishi mumkin boʻladi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid soʻzga chiqib, yangi loyiha yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishiga turtki boʻlishini taʼkidladi.

Kelgusida bunday kitob javonlari boshqa bekatlarga ham oʻrnatiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q