Siyosat
Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish doirasida Kanada va Panama bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda 5-noyabr kuni Oʻzbekiston tomonining bosh muzokarachisi, prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov oʻz LinkedInʼdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha Ishchi guruhning 11-majlisi doirasida Oʻzbekiston Kanada va Panama bilan bozorga kirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisidagi protokollarni muvaffaqiyatli imzoladi”, – deyiladi xabarda.

Urunov Kanada va Panama delegatsiyalariga Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni, shuningdek ikki tomonlama muzokaralardagi konstruktiv hamkorlik uchun minnatdorlik bildirgan.
Maxsus vakil ta’kidlashicha, tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun yana uchta mamlakat bilan kelishuvga erishish kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113335
Jamiyat
96061
Jamiyat
93428
Jamiyat
77393
Jamiyat
//
Izoh yo‘q