Jamiyat
Joriy yilning 25-30-iyun kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan “Ranglarda aks etgan Vatan tuyg‘usi” ijodiy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etildi. Tanlovda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari bilan bir qatorda yosh ijodkorlar ham ishtirok etdi. 125 nafar ishtirokchi tomonidan 231 ta ijodiy ish taqdim etildi.
Ijodiy ishlarni baholashda yoshlarni vatanparvarlik, ular qalbida Vatanga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, barkamol shaxs etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lishi, ularning bilim darajasini va dunyoqarashini oshirishga qaratilganligiga e’tibor berildi.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan ikki yosh toifasiga bo‘lingan holda baholandi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q