Mahallada ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida koʻrsatiladi

Saqlash
02:27 / 02.07.2022 863 0

“Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–300-son, 29.06.2022-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

 

Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tashkil qilindi.

 

2022-yil 1-noyabrgacha:

 

— mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:

 

— xonadonlar ahvoli, oilalarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji;

 

— oilalarga aniq ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar;

 

— murakkab operatsiyalarga, nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji boʻyicha buyurtmalar;

 

— Hududiy shtablar ushbu maʼlumotlarni oʻz hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;

 

— Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan maʼlumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand boʻlgan oilalarga Hududiy shtab aʼzosining masʼul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini tashkillashtiradi.

 

Shuningdek, 2022-2023-yillarda respublika boʻyicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini taʼminlash nazarda tutilgan.

 

2022-yil 1-avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda (2022-yil 1-noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etiladi.

 

Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//