Jamiyat
Oʻzbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani 1-iyuldan my.gov.uz portali orqali navbatlarsiz olish imkoniyati paydo boʻldi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ruxsatnoma portal orqali rasmiylashtirilsa, 10 foizlik chegirma (2 million 160 ming soʻm boʻladi) berilishini maʼlum qildi va uni olish tartibini eʼlon qildi.
Maʼlum uchun, 2022-yil 1-iyuldan boshlab yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari (2,4 million soʻm) etib belgilandi.
Taʼkidlash joiz, “Tonirovka” uchun ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ham olish mumkin.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q