Jamiyat
Prezident qarori bilan Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibini belgilaydi.
Yordam puli har bir koʻmak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish uchun tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida – 9 mln 200 ming soʻm).
Yordam pullari ushbu masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi.
Koʻmak oluvchilar jazoni oʻtab boʻlganidan keyin 3 oy muddatda ishchi organga oʻz loyihasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
– boshlamoqchi boʻlgan tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;
– mahalla fuqarolar yigʻinining ijobiy tavsiyasi;
– kam taʼminlangan yoki yolgʻizligi;
– qaramogʻida nogironligi boʻlgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;
– koʻp (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy koʻmakka muhtojligi;
– noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q