Ilm-fan
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab xalq taʼlimi tizimida yana bir davlat xizmati ishga tushiriladi. Endilikda turli sabablarga koʻra, yoʻqolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar oʻrniga dublikatni 5 kunda olish mumkin boʻladi.
Buning uchun shahodatnomasi yoʻqolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi. Ariza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga ular orqali taʼlim tashkilotlariga yuboriladi.
Taʼlim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) boʻyicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yuboradi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari QR-kod qoʻyilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.
Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BEPUL yuklab oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q