Jamiyat
“Oʻzgidromet” xizmati Oʻzbekistonda iyul oyida kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, respublika hududining katta qismida haroratning biroz pasayishi boshlangan va u 1-iyul kunida ham davom etadi. 2–3-iyul kunlari hududning katta qismida harorat yana 40-41 darajagacha koʻtariladi. Janubning eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42–45 daraja oraligʻida barqaror boʻladi.
Keyingi kunlarda esa nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3-iyulda shimoliy hududlarda, 4–5-iyul kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo harorati yoz fasli uchun 30–33 daraja boʻlgan qulay qiymatlargacha pasayadi, soʻng bir necha kun davomida 34–37 daraja, janubda 38–40 daraja atrofidagacha boʻlishi saqlanib turadi.
Iyul oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat asosan 35–38 daraja atrofida boʻlishi, ayrim kunlari baʼzi joylarda 40–42 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Iyul oyida yomgʻir yogʻish ehtimoli kam, faqat togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda 2–4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q