Oʻzbekistonda yuqori anomal issiq qayd etildi

Saqlash
01:53 / 01.07.2022 862 0

Kecha, 29-iyun kuni Navoiy viloyati havo harorati 47,1 darajagacha koʻtarildi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulaxatov maʼlum qilgan.


Maʼlumotlarga koʻra, “Mashiquduq” meteorologiya stansiyasida soat 13:20 da havo harorati 47,1 darajaga yetgan.


Qashqadaryo viloyatidagi “Muborak” ob-havo stansiyasida mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da havo harorati +45,9 darajaga yetgan. “Qarshi” meteorologiya stansiyasida havo harorati +43,4 ni tashkil qilgan.


Buxoro viloyatidagi “Oʻgitma” ob-havo stansiyasida soat 16:00 da +46,6 daraja, Sirdaryodagi “Oqoltin” agrometeorologiya postida esa +46 daraja issiq qayd etilgan.


Aytish joizki, Oʻzbekistonda meteorologik kuzatishlar davomida eng yuqori harorat (48-49 daraja) Qizilqum choʻlida (1983-yil iyul) va Termiz shahri hududida (1914-yil iyun-iyul) qayd etilgan.


Toshkentda maksimal +44,6 daraja issiq 1997-yil 18-iyulda qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//