Jamiyat
Toshkent shahrida yashovchi ayol kelini bergan ovqatdan shubhalanib, uni ekspertizaga berdi. Bu haqda Hadicha Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi maʼlumotlariga tayanib, “Zamon.uz” xabar berdi.
Markaz mutaxassisining qayd etishicha, tekshiruv davomida kelin qaynonasining joniga qasd qilish maqsadida uning ovqatiga zararli modda va shisha boʻlaklarini solib kelgan.
«Shu ovqatdan mening shubham bor. Kelinim ovqat olib keldi, ammo ichgim kelmadi. Ichki tuygʻum tekshirtir, ichida biror narsa yoʻqmikan, degan xulosaga undadi.
Kelin qaynonasini oʻldirish uchun yillar davomida suyuq ovqatga kam-kamdan modda qoʻshib kelib yurgan. Maʼlum bir vaqt oʻtgandan keyin uning ahvoli yomonlashgan, kasalxonaga tushgan.
U yerda oxirgi yegan ovqatini tekshirish tavsiya qilingan. Ayolning oshqozonidan olingan ovqat qoldigʻi tibbiy-ekspertizaga yuborilgan. Ekspertizada odam organizmiga ziyon keltiruvchi modda hamda shishaning mayda siniqlari topilgan», deydi Raqiya Ahmedova.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, uzoq yillik faoliyati davomida oziq-ovqat ekspertiza ortidan jinoiy holatlar kelib chiqqaniga koʻp marta guvoh boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q