Surxondaryoda neandertal odam yashagan makon topildi

Saqlash
04:08 / 30.06.2022 872 0

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasi, Xatak boʻlimi, Bogʻli dara massivida miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topildi. Bu haqida Turizm va madaniy meros agentligi xabar berdi.

 

Xatak gʻori 2021-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi doktoranti Xoliyor Oynazarov tomonidan petrogliflarni qidirish jarayonida topilgan. Yodgorlikda oʻrganish va dastlabki qazishmalar 2022-yil iyun oyida olib borilgan.

 

“Qazishma davomida vertikal qoyaning yuzasida 15−20 metr balandlikda hosil boʻlgan va kirish juda qiyin boʻlgan ushbu gʻorda tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari bilan birga 100−60 ming yil oldin yashagan neandertal odam hayotining toʻliq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq oʻchoq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//