Namanganda avtomaktab oʻqituvchisi onlayn qimor sabab oʻzini osib qoʻydi

Saqlash
03:26 / 30.06.2022 765 0

Namangan viloyati Norin tumanida 26-iyun kuni avtomaktab oʻqituvchisi onlayn qimor sabab oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, tumanning Otbozor MFY Mustaqillik koʻchasida yashagan 1989-yilda tugʻilgan erkak N.A. uyining tom qismida oʻzini osib vafot etgan. Qayd etilishicha, u oilali, 1 nafar farzandi bor, avtomaktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

 

Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda onlayn qimor oʻyinida yutqazib qoʻyganidan oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Oqibatda uning ruhiyatida salbiy oʻzgarish boʻlgan.

 

Marhumning oʻlimi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat boʻyicha Norin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//