Ilm-fan
Ijtimoiy tarmoqlarda qatʼiy karantin choralari yana kuchaytirilishi, virusning yangi shtammlari tarqalayotgani, shifoxonalarda “oyoq bosishga joy yoʻq”ligi haqidagi audioyozuvlar tarqalmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov mazkur holatga munosabat bildirdi.
«Bu audioyozuvlarlarni tinglab koʻrsangiz, ular sizga tanish tuyuladi. Chunki ushbu xabarlar kasallik avj olgan oʻtgan yilgi pandemiya davrida ham oʻrtaga chiqqan edi. Buni ulardagi leksika va umumiy manzaradan ham sezish qiyin emas.
Deylik, bu xabarlardan birida virusning yangi shtammi tarqalib ketgani haqida soʻz boradi. Holbuki, ayni paytda yurtimizda koronavirusning asosan omikron shtammi aniqlanmoqda. Bu bemorlarning 98 foizida kasallik yengil darajada kechyapti. Mazkur shtammning yurtimizda tarqala boshlaganiga esa yarim yilga yaqinlashyapti», deydi Otabekov.
Uning soʻzlariga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rasmiy manbalarida koronavirusning tarqalishi boʻyicha soʻnggi yangiliklar berib borilmoqda. Mamlakatda bir kunda oʻrtacha 100-120 ta kasallanish qayd etilmoqda. Taʼkidlanishicha, 35 million aholi orasida — bu juda kichik koʻrsatkich.
“Shunday boʻlsa-da, COVID-19 ga chalinmaslikning asosiy va eng samarali yoʻli vaksinatsiya boʻlib turibdi. 2 yoki 3 bosqichli emlashni qabul qilgan fuqarolar 6 oydan soʻng buster dozani olishlari, shundan 6 oy oʻtib, yana qayta emlanishlari mumkin. Yuqoridagi asossiz xabarlarni tarqatayotgan kimsalar aholi orasida xavotir uygʻotishga harakat qilayotgani koʻrinib turibdi. Shu bois fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni sogʻlom aql bilan baholashlarini, ularni tarqatayotganda asosliligini tekshirib koʻrishlarini soʻraymiz”, deya qayd etadi mutaxassis.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q