Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi, davlat rahbarlari “Toshkent—Humo” xalqaro aeroportida qisqa uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston—Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sammit doirasida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlat tashrifi bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112077
Jamiyat
94761
Jamiyat
90791
Jamiyat
75590
Jamiyat
//
Izoh yo‘q