Siyosat
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini, ikki tomonlama salohiyatdan foydalanish yo‘llarini batafsil muhokama qildi va O‘zbekiston – Qozog‘iston sherikligini kengaytirishga sezilarli turtki beradigan bir qator qarorlar qabul qildi.
“O‘zbekiston biz uchun alohida ahamiyatga ega mamlakat, chunki o‘zbek xalqi – asrlar davomida o‘zining betakror an’analari va boy madaniyatiga muhabbat va asrab kelgan bunyodkor xalq sifatida chuqur hurmatga loyiqdir. Buyuk Abay ham o‘zbek xalqining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rib, ulardan o‘rnak olishga chaqirgan.
Bugungi samarali muzokaralar yana bir bor ko‘p qirrali hamkorligimizni har tomonlama kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro intilishimizni tasdiqladi. Erishilgan kelishuvlar ikki xalqning tub manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda qozoq–o‘zbek do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, strategik sheriklik va ittifoqchilikning mustahkamligini namoyon etadi.
Qozog‘iston Prezidenti sifatida men O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratishni o‘z burchim deb bilaman. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, turli xil “ekspertlar”ning asossiz gumonlariga qaramay, Qozog‘iston va O‘zbekiston aslo raqib ham, hatto raqobatchi ham emas. Aksincha, ular — taraqqiyot va rivojlanish yo‘lida birga borayotgan strategik hamkorlar va ishonchli ittifoqchilardir.
Xalqimiz – chin dildan bir-birini hurmat qiladigan haqiqiy birodarlar, yaqin do‘stlardir. Ikki tomonlama munosabatlar mislsiz darajada yuksak bosqichga ko‘tarilgani va Markaziy Osiyo butun dunyoga do‘stlik va hamkorlik mintaqasi sifatida tanilgani – bularning barchasida hurmatli Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ulkan xizmatlari bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuchli rahbarligi tufayli O‘zbekiston so‘nggi yillarda ulkan natijalarga erishdi. Mamlakat ko‘plab sohalarda jadal rivojlanayotgan davlat sifatida butun dunyoda tanildi. Keng ko‘lamli islohotlarning natijalari yuksak iqtisodiy o‘sish sur’atlarida, aholi farovonligining ortishida, shaharlarning zamonaviy qiyofaga kirishida hamda qishloq joylarining sifatli rivojlanishida o‘z ifodasini topmoqda.
O‘zbekiston xalqaro maydondagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi, mintaqaviy va global xavfsizlik hamda hamkorlikni ta’minlashga muhim hissa qo‘shmoqda. Qozog‘iston birodar o‘zbek xalqini chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi", dedi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev.
Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengash formati o‘zining dolzarbligi va samaradorligini ko‘rsatganini ta’kidladi.
“Munosabatlarimiz bugungi kunda eng yuqori – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Yetakchilar gumanitar aloqalar ham alohida o‘rin tutishini qayd etdi. Joriy yilda Olmaota va Ostona shaharlarida qo‘shma madaniy tadbirlar – “Lazgi” baleti, rassomlar ko‘rgazmasi, adabiyotchilar forumi va yoshlar festivali, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari va Toshkent shahrida Ostona kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan urg‘ulandi.
Fan va ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvlarni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni kengaytirishga kelishib olindi.
Qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning tarixiy qadamjolari, boy madaniy va ma’naviy merosini ommalashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Davlatlararo oliy kengashning ikkinchi yig‘ilishi yakunida bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilishdan so‘ng davlat rahbarlari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
Xususan, “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.
Bundan tashqari, “Silkway Central Asia” ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi hamda poytaxtlarda “Toshkent” va “Ostona” mehmonxona majmualari qurilishi ham boshlandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109751
Jamiyat
94128
Jamiyat
89916
Jamiyat
73118
Jamiyat
//
Izoh yo‘q