Siyosat
Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
O‘zbekiston yetakchisi mukofotni topshirar ekan, Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ikki qardosh xalq o‘rtasida do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi ulkan shaxsiy xizmatlarini alohida ta’kidladi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi taraqqiyot darajasiga chiqib, namunali ahamiyat kasb etgani qayd etildi.
Qasim-Jomart Toqayevning global miqyosda tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, shuningdek, mintaqamizda ishonch, o‘zaro hamjihatlik va sheriklik muhitini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari olqishlandi.
.jpg)
Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari va O‘zbekiston xalqiga bunday yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirdi hamda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ittifoqchilik ruhidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q