Madaniyat
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan mintaqa mamlakatlari va Ozarbayjon Prezidentlari O‘zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga keldi.

Davlat rahbarlari musulmon olamining bebaho ma’naviy durdonasi sanalgan Usmon Mus’hafi saqlanayotgan Qur’oni karim zaliga tashrif buyurishdi.
Yetakchilar, shuningdek, “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” bo‘limlari bilan tanishishdi.
.jpg)
Rahbarlar mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni ilgari surish va umumiy gumanitar qadriyatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
.jpg)
Mintaqaning boy umumiy merosini saqlash va targ‘ib qilish borasidagi O‘zbekistonning keng ko‘lamli sa’y-harakatlariga yuqori baho berildi. Majmua zamonaviy tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qilishiga, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdilar.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111841
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75339
Jamiyat
//
Izoh yo‘q