Madaniyat
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ta’sis etilgan mazkur xalqaro mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida katta yutuqlarga erishgan milliy va xorijiy ijodkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Xabarga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon vakillari: Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev “Adabiyot” nominatsiyasida, Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda “Madaniyat” nominatsiyasida, M.Avezov nomidagi Qozog‘iston Milliy drama teatri aktyori Yerkebulan Dayirov “Teatr va kino” yo‘nalishida, Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov “Musiqa va raqs” nominatsiyasida, Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Dilafruz Egamberdiyeva “Fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar” nominatsiyasida tanlovning ilk g‘oliblari bo‘ldi.

Yetakchilar huzurida laureatlarga mukofot statuetkasi, diplom hamda 10 ming dollarlik pul mukofoti topshirildi.
Davlat rahbarlari sovrindorlar bilan suratga tushdi.
.jpg)
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
109753
Jamiyat
94129
Jamiyat
89919
Jamiyat
73120
Jamiyat
//
Izoh yo‘q