Madaniyat
Turkiyaning poytaxti Anqarada joylashgan Bashkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot markazi tomonidan “Alisher Navoiy asarlari va madaniy taʼsirlari” mavzusida birinchi xalqaro simpozium oʻtkazildi.
Anjumanda oʻzbek va turk professor hamda olimlari, qator OTMlar rektorlari, shuningdek bir guruh mutasaddilar qatnashdi.
Oʻn bir shoʻbadan iborat anjumanning yalpi shoʻbasida taniqli tilshunos va adabiyotshunos olimlar Alisher Navoiy fikr-qarashlari va ilmiy merosining ahamiyati haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, anjumanda Oʻzbekistonlik olimlardan Dilorom Salohiy, Olimjon Davlatov, Nodirxon Hasan, Ozoda Tojiboyeva, Umidullo Mahmudov, Saidbek Boltaboyev, Ibodulla Mirzayev, Nurboy Jabborov, Zilola Amonova, Hulkaroy Boltaboyeva, Rohila Roʻzmonova, Tohir Xoʻjayev, Husniddin Eshonqulov, Gulchehra Xoʻjanova, Dilrabo Qozoqboyeva, Ergash Ochilov, Sultonmurod Olim, Dilshod Gʻoyib, Zarif Quvonov, Zulayho Rahmonova, Hamidulla Boltaboyev, Dilnavoz Yusupova, Zeboxon Qobilova, Salomat Matkarimova, Karomat Mullaxoʻjayeva, Diyora Abdujalilova, Gulnoz Sattorova, Sayfiddin Rafiddin, Sirdaryoxon Oʻtanova, Farida Karimova kabilar oʻz maʼruzalari bilan qatnashdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q