Jamiyat
2022-yil 1-iyuldan elektr va gaz tariflariga oʻzgartirishlar kiritilmasligi maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan boʻlib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, tahlil qilinmoqda.
Qabul qilingan takliflar boʻyicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan soʻng, ushbu masala boʻyicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.
Qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga koʻra, tariflarning oʻzgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112095
Jamiyat
94780
Jamiyat
90815
Jamiyat
75619
Jamiyat
//
Izoh yo‘q