Jamiyat
Fargʻona shahrida 26-iyun kuni ayol kishiga tegishli mashina yoqib yuborildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu kuni fuqaro U.M. (ayol) viloyati IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat taxminan 03:00 da Fargʻona shahar Ezgulik koʻchasi 10-uy oldida turgan onasi M.U. ga tegishli qora rangli Kia Carnival avtomashinani nomaʼlum shaxs yoqib yuborganini maʼlum qilgan. Ayol ushbu holat yuzasidan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Shu kunning oʻzida tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Avtomashinaga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida sudga oid yongʻin-texnikaviy ekspertizasi va baholash ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112095
Jamiyat
94780
Jamiyat
90815
Jamiyat
75619
Jamiyat
//
Izoh yo‘q