3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlandi

Saqlash
23:10 / 29.06.2022 745 0

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan  3 758 nafar fuqaroga toʻlov qaydnomalari shakillantirilib, Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazildi. Bu haqda jamgʻarma matbuot xizmati xabar qildi.

 

28-iyun holatiga koʻra 3 722 nafar shaxsga (99%) toʻlovlar amalga oshirildi. Joriy yil iyun oyida vaqtincha uyida yoʻqligi sababli toʻlanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqarolarga qoʻshimcha toʻlov mablagʻlari iyul oyi toʻlovlariga qoʻshib yetkaziladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-274-son qaroriga muvofiq, 1941-1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov (2022-yil 1-iyun holatiga 300 000 soʻm) toʻlab borilishi belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//