Jamiyat
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov toʻyda mehmonlardan u aks etgan videotasvir tarqatilmasligini soʻradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat 28-iyun kuni nikoh toʻyi boʻlib oʻtgan “Tokio–2020” Paralimpiya oʻyinlari oltin medali sohibasi Guljanoy Naimova xonadonida tasvirga olingan. Viloyat hokimi sportchini tabriklash uchun tuman hokimi bilan birga uning uyiga borganida mehmonlar jarayonni tasvirga olishni boshlaganini koʻrib, ularga “bironta internetga chiqmasin”, degan.
«Chunki, vohada viloyat hokimining amalga oshirayotgan ishlari va har bir xatti-harakatini ijtimoiy tarmoqqa chiqarib, PR yasash odatiy holga aylandi.
Shundoq ham ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqda oʻzini koʻp reklama qilishdan istihola qiladigan hokim viloyatda bajarayotgan ayrim xayrli ishlarini keng jamoatchilikka koʻrsatishdan tiyilib turadi. Lozim boʻlgan hollarda ijtimoiy tarmoq orqali oʻzi ham chiqishlar qilib, voqea-hodisalarni xalqimizga yetkazayotganini barcha yaxshi biladi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110934
Jamiyat
94488
Jamiyat
90416
Jamiyat
74409
Jamiyat
//
Izoh yo‘q