Jamiyat
Oʻzbekistonda avtomobil orqa yon oynalarini qoraytirish tekin boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Prezident taʼkidlaganidek, 1-iyuldan boshlab:
avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, yaʼni bepul boʻladi;
– old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
– ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʻp boʻlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.
Endi, 10 yildan 15 yilgacha boʻlgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq boʻlganlari esa bir yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
«Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.
Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yoʻqotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish boʻyicha Ishchi guruhi barcha yoʻnalishlarda muntazam ishlayapti.
Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar boʻyicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi Prezident yigʻilish yakunida.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q