Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahallalardan birida yashovchi kelin oʻz joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati prokuraturasi holat boʻyicha munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2022-yil 24-iyun kuni Samarqand shahri “Bogʻbonlar” mahallasi Yangravot koʻchasida yashovchi (1993-y.t.) N.M. “uksus kislotasidan oʻtkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTYOM Samarqand filiali xirurgiya boʻlimiga yotqizilgan.
2022-yil 27-iyun kuni N.M.ga koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish boʻlimida vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, koʻzdan kechirilgan, deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Marhuma N.M.ning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvga yuborilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazoratga oʻrnatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q