Jamiyat
Prezident “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga koʻra, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilida joylashgan “Matbuot uyi” bino va inshootlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Ushbu binoga davriy bosma nashrlarning tahririyatlari ijara haqi toʻlamasdan (kommunal toʻlovlar va koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar bundan mustasno) joylashtirilishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda:
ushbu qarorning 12-bandida keltirilgan bino va inshootlar hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni 2023–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritadi;
ushbu loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun 2022–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va oʻzlashtirilmagan mablagʻlar hisobidan yetarli miqdorda mablagʻ ajratish choralari koʻriladi.
Zamonaviy media shaharcha loyihasi yakuniga yetkazilguniga qadar Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi oʻz faoliyatini Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi, 42-uy manzilida joylashgan binoda davom ettiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q